Bu shoh asar, buni ko‘rmoqqa
Farang kelar, olmoni kelar. Uzoq-yaqin yurtning shoh-faqir, Yaxshi hamda yomoni kelar. Bu shoh asar, buni ko‘rmoqqa Zax kelmokda, sho‘rob kelmokda. Paxtazori bilan bostirib Shior bilan xitob kelmoqda. O’zining shoh asarlarini Aylab qo‘yib yer bilan yakson -Sen! Ne uchun kelmayapsan, Sen - Ka’basini yo‘qotgan Inson?! |
Har bitta so‘z - suvdek aziz,
Har bitta so‘z - nondek uvol. Til boyligin bog‘ deb bilsak, Har bitta so‘z - bitta nihol. Biron so‘zni isrof qilmoq Bir ko‘chatni yulmoqlikdir. Bora-bora, otameros – Bog‘ni xarob qilmoklikdir. E bolam, yot yurtga borsang, Ne atalur eling, derlar. Qay millatning vakilisan, Bormi ona tiling, derlar. Shunda, mening qutlug‘ tilim – Navoiyning she’ri, degil. Yurtim - Ulug‘begu Bobur, Amir Temur yeri, degil. Ayt g‘urur-la Beruniylar, Farg‘oniylar ajdodim, deb. Koshg‘ariylar darsin tinglab, O’tkirlangan savodim, deb. Maqtanma hech qimmat kiyim, Oltinlaru qasring bilan. Faxr et doim qudratli yurt, Boy til, nasab-nasling bilan. Obro‘yingni baland tutmoq, E bolam, o‘z qo‘lingdadir. Sening olamdagi narxing Vatan, millat, tilingdadir. |
Firdavsiy bir zamon aytgani kabi
Har ne o'tkinchidir,fanoning o'zi, Faqat ikki narsa qolur abadiy - Botirning shavkati,dononing so'zi. Ajdodlar Vatan deb jon fido qilgan, Behuda gap sotib yurmagan ular. Mana,ming yillarni opichlab kelgan Bitiktosh ona - Yer haqida kuylar. Vaqt quyunida ne davru davron, Bu - toshga aylangan erkdir ,bardoshdir, Bu Vatan atalgan muqaddas armon. Unga qaraymany bir his tuyaman, Bu yurtim timsoli mangulik toshdir... Yuragim toshiga she'rim o'yaman. |
Кo'zlaringni yashirgin mendan,
O'tib ketay yoningdan befarq, O'tib ketay yoningdan bedard, Кo'zlaringni yashirgin mendan. Borligimni payqama, mayli, Burchaklarda,mayli, qayrilma, Meni deb tinchingdan ayrilma, Borligimni payqama, mayli. Nomim bo'lsa qalbingda agar, Otib tashla, mayli, tuproqqa. ...Har kuni o't shu yo'lni toptab, Nomim bo'lsa qalbingda agar. |
Ko'p kezma daraxtzor bog'lar ichinda,
Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening. Ko'p qolma jarang suv buloq bo'yinda, Buloq ham dil do'sting bo'lolmas sening, Qaynashim chashmadan teran joydandir, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening. Ko'p titma muhabbat kitoblarini, Kitoblar dil do'sting bo'lolmas sening, Bu ishqning tarixi mening qalbimda, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening. |
Tong otdi, olamda ming rasm ko‘rdim,
Mehrli ko‘zlarni pok, ma’sum ko‘rdim. Hech kim zahar sepib, bol yiqqan emas, Gul kirgan uylarda tabassum ko‘rdim. * * * Ey zot, xanjar bilan sen dam talashma, Olam uyindasan, olam talashma. Mening o‘z dardimdir elimning dardi, O’z darding bo‘lmasa, qalam talashma. * * * Birlik - ko‘ngil bilan gulning birligi, Birlik - vijdon bilan tilning birligi. Birlik - to‘qson ikki bovli o‘zbekning – Ertadan umidvor elning birligi. * * * Olam ko‘zgusida ming sinar ko‘zgu, O’zimniki emas, hatto tush, uyqu... Bu nurlarga tartib kim berar ekan, Qachon bir idishga tushar bor og‘u?! * * * Yo‘q derlar, ishi bor bor bilan yo‘qning, Bo‘shliqdan o‘tar-ku yo‘li har o‘qning, Kuchlilar kuchsizga qo‘l uzatsalar, Qadri ortar edi har yengan cho‘g‘ning. * * * Bu yo‘lda biz necha qo‘rg‘ondan < ... Читать дальше » |
Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning o‘zgardi kuchi. Men senga uzundan uzun ot qo‘ydim: «Ey, eski dardlarni yangilatuvchi!» Barmoqlar barmoqlar uchini sezdi, Ko‘ngil bir ilohning kuchini sezdi, Yurak allanening o‘chini sezdi, «Ey, uzoq yo‘llarni yaqinlatuvchi!» Yana ikki ko‘zdan sirqildi namlar, Billurni yuvdilar pokiza g‘amlar. Qani ul Sir, Amu mavj urgan damlar, Ey, sen dengiz tubin dolgalatuvchi?! Asli, qayda bo‘lsang, men ko‘ngli to‘qman, Kunchiqarim ishqtsir, nur o‘chsa yo‘qman, Bilaman, kimgadir juda suyukman, Ey sen, xotirani poklantiruvchi! Kim aytdi, yo‘l ancha o‘tildi deya, Kelgan ketdi, kutgan kutildi deya, Shodman - yana menga duch bo‘ldi deya, Ishqi omonlarni yashartirguvchi! Yaratganga shukur, sen yana kelding, Hamma qonunlarning o‘zgardi kuchi. Senga men uzundan uzun ot qo‘ydim: «Ey, ko‘hna dar ... Читать дальше » |
O’rtamizda birgana olma –
Olam ichra yumaloq ilinj. O’rtamizda birgina olma – Balki g‘am u yo balki sevinch. O’rtamizda birgana olma, Yarmi qizil, yarmi och-yashil. Hayo tug‘yonidan qizil u, U sog‘inchning ramzidir asil. O’rtamizda birgina olma, Barmoq uchi tegsa tovlanar. Alvon iffat, yashil tashnalik Bir senga, bir menga dovlanar. O’rtamizda birgina olma, Gard tegmagan, biram pokiza. Hozircha u rangin bir havas, Lab tegsa boshlanar mo‘‘jiza... |
O’tar dunyo, o‘tdi do‘stu g‘ayir o‘tdi,
Arbob, orif, oshiq Zuhra, Toyir o‘tdi. Davronini yoqlar o‘tdi, koyir o‘tdi, Bani bashar zamoniga doir o‘tdi. O’taringni o‘targacha qayir o‘tdi, O o‘tdi-ya, bu olamdan shoir o‘tdi. Har o‘tarning xos qismati, ko‘rari bor, Har sobitning turari bor, nurari bor. Har paykalki, pisharining o‘rari bor, Bir kun hosil sohibining so‘rari bor. So‘raringni so‘rargacha qayir o‘tdi, O o‘tdi-ya, bu olamdan shoir o‘tdi. So‘rari bor: - falonchidan nima qoldi? Mulki foniy, boqiy, yo bir to‘‘ma qoldi, Yurt noriga falondin «hayt» - himo qoldi. Betavfiqdan zino qoldi, imo qoldi. Nima qoldi? Qolaringni qayir o‘tdi, O o‘tdi-ya, bu olamdan shoir o‘tdi. Nima qoldi? - Boylaringmi, boying qani? Ajdodlarday qurgan ko‘shk, saroying qani? Bayt ush-sharaf, bayt ul-adib joying qani? Milliy bedor vijdon sari ... Читать дальше » |
Qolsa derdim o‘rtamizda zora gap,
Bo‘ldi-ku el ichra, yor, oshkora gap. Bilmayin bir kun dahandan chikdi-yu, Har qulokda yangradi nog‘ora - gap. Bitta nozik gap edi ul aslida, Har ogizda shishdi-ku, bechora gap. Sizni oppoq ayladi yurt ichrakim, Bizni qilmish, voajab, qop-qora gap. Ne ajab, bo‘lmish g‘animlarga qurol, Etgali oshiq dilim sadpora gap. Dilda turganda muqaddas ganj edi, Tilga chiqqach, etdi ko‘p ovora gap. «Gap»ni yozdim gapchidai bezor bo‘lib, Qolsa endi o‘rtamizda zora gap. |