Кo'zlaringni yashirgin mendan, O'tib ketay yoningdan befarq, O'tib ketay yoningdan bedard, Кo'zlaringni yashirgin mendan. Borligimni payqama, mayli, Burchaklarda,mayli, qayrilma, Meni deb tinchingdan ayrilma, Borligimni payqama, mayli. Nomim bo'lsa qalbingda agar, Otib tashla, mayli, tuproqqa. ...Har kuni o't shu yo'lni toptab, Nomim bo'lsa qalbingda agar.
|
Ko'p kezma daraxtzor bog'lar ichinda, Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening. Ko'p qolma jarang suv buloq bo'yinda, Buloq ham dil do'sting bo'lolmas sening, Qaynashim chashmadan teran joydandir, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening. Ko'p titma muhabbat kitoblarini, Kitoblar dil do'sting bo'lolmas sening, Bu ishqning tarixi mening qalbimda, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.
|
Yaratganga shukur, sen yana kelding, Hamma qonunlarning o‘zgardi kuchi. Men senga uzundan uzun ot qo‘ydim: «Ey, eski dardlarni yangilatuvchi!» Barmoqlar barmoqlar uchini sezdi, Ko‘ngil bir ilohning kuchini sezdi, Yurak allanening o‘chini sezdi, «Ey, uzoq yo‘llarni yaqinlatuvchi!» Yana ikki ko‘zdan sirqildi namlar, Billurni yuvdilar pokiza g‘amlar. Qani ul Sir, Amu mavj urgan damlar, Ey, sen dengiz tubin dolgalatuvchi?! Asli, qayda bo‘lsang, men ko‘ngli to‘qman, Kunchiqarim ishqtsir, nur o‘chsa yo‘qman, Bilaman, kimgadir juda suyukman, Ey sen, xotirani poklantiruvchi! Kim aytdi, yo‘l ancha o‘tildi deya, Kelgan ketdi, kutgan kutildi deya, Shodman - yana menga duch bo‘ldi deya, Ishqi omonlarni yashartirguvchi! Yaratganga shukur, sen yana kelding, Hamma qonunlarning o‘zgardi kuchi. Senga men uzundan uzun ot qo‘ydim: «Ey, ko‘hna dar
...
Читать дальше »
|
O’rtamizda birgana olma – Olam ichra yumaloq ilinj. O’rtamizda birgina olma – Balki g‘am u yo balki sevinch. O’rtamizda birgana olma, Yarmi qizil, yarmi och-yashil. Hayo tug‘yonidan qizil u, U sog‘inchning ramzidir asil. O’rtamizda birgina olma, Barmoq uchi tegsa tovlanar. Alvon iffat, yashil tashnalik Bir senga, bir menga dovlanar. O’rtamizda birgina olma, Gard tegmagan, biram pokiza. Hozircha u rangin bir havas, Lab tegsa boshlanar mo‘‘jiza...
|
Qolsa derdim o‘rtamizda zora gap, Bo‘ldi-ku el ichra, yor, oshkora gap. Bilmayin bir kun dahandan chikdi-yu, Har qulokda yangradi nog‘ora - gap. Bitta nozik gap edi ul aslida, Har ogizda shishdi-ku, bechora gap. Sizni oppoq ayladi yurt ichrakim, Bizni qilmish, voajab, qop-qora gap. Ne ajab, bo‘lmish g‘animlarga qurol, Etgali oshiq dilim sadpora gap. Dilda turganda muqaddas ganj edi, Tilga chiqqach, etdi ko‘p ovora gap. «Gap»ni yozdim gapchidai bezor bo‘lib, Qolsa endi o‘rtamizda zora gap.
|
Kuldi bahorim Siz tomondan Sho‘x sabo kelgan kuni, Ul sho‘x sabo qanotida Dildor navo kelgan kuni. Dildor navo bilan bahor Og‘ushiga olmish meni - Dildor navo ohangida Sizdan sado kelgan kuni. Shu bir shirin sado bilan Lutf etdingiz Hotam sifat, Poyiga tillo to‘kdingiz, Go‘yo gado kelgan kuni. Go‘yo gado kutgan edim Shirin sadongiz xasta dil, Olam munavvardir, mana, Unga davo kelgan kuni. Unga davo baxsh etdingiz Holin so‘rab, donoginam. Yuz yil uzaydi umri ham Ahdga vafo kelgan kuni. Axdga vafosiz hurmati, Mehri ziyosi hurmati, Boshimga toj aylay, Habib, Nozik ado kelgan kuni.
|
|