Главная » Ibratli sherlar
Har bitta so‘z - suvdek aziz,
Har bitta so‘z - nondek uvol.
Til boyligin bog‘ deb bilsak,
Har bitta so‘z - bitta nihol.
Biron so‘zni isrof qilmoq
Bir ko‘chatni yulmoqlikdir.
Bora-bora, otameros –
Bog‘ni xarob qilmoklikdir.
E bolam, yot yurtga borsang,
Ne atalur eling, derlar.
Qay millatning vakilisan,
Bormi ona tiling, derlar.
Shunda, mening qutlug‘ tilim –
Navoiyning she’ri, degil.
Yurtim - Ulug‘begu Bobur,
Amir Temur yeri, degil.
Ayt g‘urur-la Beruniylar,
Farg‘oniylar ajdodim, deb.
Koshg‘ariylar darsin tinglab,
O’tkirlangan savodim, deb.
Maqtanma hech qimmat kiyim,
Oltinlaru qasring bilan.
Faxr et doim qudratli yurt,
Boy til, nasab-nasling bilan.
Obro‘yingni baland tutmoq,
E bolam, o‘z qo‘lingdadir.
Sening olamdagi narxing
Vatan, millat, tilingdadir.
Tur: Ibratli sherlar | Ko'rildi: 743 | Qo'shdi: Dilshodbek | Vaqt: 21.03.2012 | Izohlar (0)

Firdavsiy bir zamon aytgani kabi
Har ne o'tkinchidir,fanoning o'zi,
Faqat ikki narsa qolur abadiy -
Botirning shavkati,dononing so'zi.
Ajdodlar Vatan deb jon fido qilgan,
Behuda gap sotib yurmagan ular.
Mana,ming yillarni opichlab kelgan
Bitiktosh ona - Yer haqida kuylar.
Vaqt quyunida ne davru davron,
Bu - toshga aylangan erkdir ,bardoshdir,
Bu Vatan atalgan muqaddas armon.
Unga qaraymany bir his tuyaman,
Bu yurtim timsoli mangulik toshdir...
Yuragim toshiga she'rim o'yaman.
Tur: Ibratli sherlar | Ko'rildi: 492 | Qo'shdi: Dilshodbek | Vaqt: 21.03.2012 | Izohlar (0)

O’tar dunyo, o‘tdi do‘stu g‘ayir o‘tdi,
Arbob, orif, oshiq Zuhra, Toyir o‘tdi.
Davronini yoqlar o‘tdi, koyir o‘tdi,
Bani bashar zamoniga doir o‘tdi.
O’taringni o‘targacha qayir o‘tdi,
O o‘tdi-ya, bu olamdan shoir o‘tdi.
Har o‘tarning xos qismati, ko‘rari bor,
Har sobitning turari bor, nurari bor.
Har paykalki, pisharining o‘rari bor,
Bir kun hosil sohibining so‘rari bor.
So‘raringni so‘rargacha qayir o‘tdi,
O o‘tdi-ya, bu olamdan shoir o‘tdi.
So‘rari bor: - falonchidan nima qoldi?
Mulki foniy, boqiy, yo bir to‘‘ma qoldi,
Yurt noriga falondin «hayt» - himo
qoldi.
Betavfiqdan zino qoldi, imo qoldi.
Nima qoldi? Qolaringni qayir o‘tdi,
O o‘tdi-ya, bu olamdan shoir o‘tdi.
Nima qoldi? - Boylaringmi, boying
qani?
Ajdodlarday qurgan ko‘shk, saroying
qani?
Bayt ush-sharaf, bayt ul-adib joying
qani?
Milliy bedor vijdon sari ... Читать дальше »
Tur: Ibratli sherlar | Ko'rildi: 517 | Qo'shdi: Dilshodbek | Vaqt: 21.03.2012 | Izohlar (0)

Bu dunyodan azizlar ketdi,
Fikratida yulduzlar ketdi.
O’tdi necha avliyo zotlar,
Duosida qaqnuslar ketdi.
O’tdi Alloh ishqida Majnun,
Payg‘ambarga egizlar ketdi.
Oh urganda, nolasi quyun,
Kulgusida kunduzlar ketdi.
Torlarida bulbul sayragan,
Elga darmon hofizlar ketdi.
Chimildiqqa kirmagan necha
Sor yigitlar, hur qizlar ketdi.
Chumolidek tog‘larda kezgan
Xazinasi qomuslar ketdi.
Maysalari salovat aytgan
Bahor-bog‘li andizlar ketdi.
Qa’rlarida sadaflar tuqqan
Necha baxrul dengizlar ketdi.
Yer yuzini shamolday kezgan
Qadamlarda sha’n izlar ketdi.
Vatan qadrin nomus bilganlar
Ibratida non-tuzlar ketdi.
Ajdodlarning shukuh-shonidan
Chaqnab fido vorislar ketdi.
Munkillagan donishmand yillar
Kiprigida qor kezlar ketdi.
Dor ostida Erk-iymonida
Bukilmagan qad, tizlar ketdi.
Tiriklikning tegirmonida ... Читать дальше »
Tur: Ibratli sherlar | Ko'rildi: 554 | Qo'shdi: Dilshodbek | Vaqt: 20.03.2012 | Izohlar (0)

SAYT MENYUSI
SO'ROVNOMA
Saytimizda sizga yoqdi
Всего ответов: 17
KIRISH BO'LIMI
KALENDAR
«  Fevral 2025  »
DuSeChoPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
YOZUVLAR ARXIVI
SAYT RAHBARI
SAYT DIZAYNERI