Tong otdi, olamda ming rasm ko‘rdim,
Mehrli ko‘zlarni pok, ma’sum ko‘rdim.
Hech kim zahar sepib, bol yiqqan
emas,
Gul kirgan uylarda tabassum ko‘rdim.
* * *
Ey zot, xanjar bilan sen dam talashma,
Olam uyindasan, olam talashma.
Mening o‘z dardimdir elimning dardi,
O’z darding bo‘lmasa, qalam talashma.
* * *
Birlik - ko‘ngil bilan gulning birligi,
Birlik - vijdon bilan tilning birligi.
Birlik - to‘qson ikki bovli o‘zbekning –
Ertadan umidvor elning birligi.
* * *
Olam ko‘zgusida ming sinar ko‘zgu,
O’zimniki emas, hatto tush, uyqu...
Bu nurlarga tartib kim berar ekan,
Qachon bir idishga tushar bor og‘u?!
* * *
Yo‘q derlar, ishi bor bor bilan
yo‘qning,
Bo‘shliqdan o‘tar-ku yo‘li har o‘qning,
Kuchlilar kuchsizga qo‘l uzatsalar,
Qadri ortar edi har yengan cho‘g‘ning.
* * *
Bu yo‘lda biz necha qo‘rg‘ondan <
...
Читать дальше »