06:16 Sen kelding |
Yaratganga shukur, sen yana kelding, Hamma qonunlarning o‘zgardi kuchi. Men senga uzundan uzun ot qo‘ydim: «Ey, eski dardlarni yangilatuvchi!» Barmoqlar barmoqlar uchini sezdi, Ko‘ngil bir ilohning kuchini sezdi, Yurak allanening o‘chini sezdi, «Ey, uzoq yo‘llarni yaqinlatuvchi!» Yana ikki ko‘zdan sirqildi namlar, Billurni yuvdilar pokiza g‘amlar. Qani ul Sir, Amu mavj urgan damlar, Ey, sen dengiz tubin dolgalatuvchi?! Asli, qayda bo‘lsang, men ko‘ngli to‘qman, Kunchiqarim ishqtsir, nur o‘chsa yo‘qman, Bilaman, kimgadir juda suyukman, Ey sen, xotirani poklantiruvchi! Kim aytdi, yo‘l ancha o‘tildi deya, Kelgan ketdi, kutgan kutildi deya, Shodman - yana menga duch bo‘ldi deya, Ishqi omonlarni yashartirguvchi! Yaratganga shukur, sen yana kelding, Hamma qonunlarning o‘zgardi kuchi. Senga men uzundan uzun ot qo‘ydim: «Ey, ko‘hna dardlarni yangilatuvchi!» |
|
Всего комментариев: 0 | |